Заказ обратного звонка

Qamashida saytlarning mavqyeini koʻtarish

Mening ismim Aleksandr. 7 yildan ortiq vaqtdan beri kompleks internet-marketing bilan shugʻullanaman, ya’ni: saytlarning SEO-mavqyeini koʻtarish, kontekstli reklama, ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilish, saytlarni tahlil qilish va sotuv matnlarini yozish kabilar.

Agar saytingiz boʻlsa, Siz uning qidiruv optimizatsiyasi 100 % ga bajarilganligiga ishonchingiz komil boʻlishi kerak. Agar bunday ishonch boʻlmasa, Siz mendan malakali konsultatsiya olishingiz mumkin.

Mening SEO-mutaxassis sifatidagi ish tajribamga koʻra, koʻplab saytlar turli hil optimallashtirish xatoliklariga ega boʻladi, ular qidiruv tizimlarining TOP-10 oʻntaligiga chiqishiga imkon bermaydi. Hattoki saytni ommalashtirish boʻyicha ishlar olib borilganligiga qaramay, bu har doim ham samarali boʻlavermaydi. Menga murojaat etgach, Siz bilan qisqacha SEO-audit oʻtkazishimiz mumkin va biz birgalikda Siz uchun sayt yuzasidan qoʻshimcha ishlar oʻtkazish zarurligi yoxud saytning rivojlanishi yetarli darajada yuqoriligi va hyech qanday xavfsirash zarur emasligi yuzasidan xulosa chiqarib olamiz.

Men Qamashida yashashimga qaramay, xizmatlarni uzoqdan turib ham muvaffaqiyatli koʻrsatishim mumkin (biz istalgan qulay aloqa vositalari yordamida muloqot qilishimiz mumkin).

Reklama agentliklaridan farqli oʻlaroq, men oʻzimning har bir mijozimga individual ravishda yondashishga harakat qilaman. Mening xizmatlarim narxi vazifaning murakkabligiga va ishlar hajmiga toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliq (ish haqi har bir holatda alohida ravishda hisoblab chiqariladi).

Agar sizga professional SEO-optimizator kerak boʻlsa – murojaat qiling, Sizga yordam berishdan mamnun boʻlaman.

Kontekstli reklama

SEO dan tashqari, men GoogleAdwords dagi kontekstli reklamaga ham katta e’tibor qarataman.

Har qanday ish kabi, kontekstli reklama ham koʻplab nozik jihatlarga va nyuanslarga ega – qisqacha maqolada bularning barchasini tavsiflashning imkoniyati ham yoʻk. Faqat shuni aytishim mumkinki, men reklama kampaniyalarini sozlashni shunday bajarishga harakat qilamanki, bunda har bir mijoz biznesining oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olaman. Shu bilan birga, mening turlicha faoliyat sohalaridagi koʻplab mijozlar bilan ishlash davomida orttirilgan oʻz ish tajribam bor.

Bizning davrimizda shuni ishonch bilan aytish mumkinki, Internetda reklama qilish kichik va oʻrta biznes egalari koʻzi oldida yanada katta jozibadorlikka ega boʻlib bormoqda – tashqi reklama, bannerlar va lavhalardan farqli oʻlaroq, qolaversa gazeta va televideniyedagi e’lonlardan farqli oʻlaroq, internetda oʻz saytiga ega boʻlish arzonroqqa tushadi va uzoqroq muddatga ega boʻlgan samaraga ega boʻladi (Facebook va Vkontakte ijtimoiy tarmoqlaridagi oʻz guruhlariga ega boʻlish ham huddi shunday).

Bundan tashqari, GoogleAnalytics zamonaviy veb-analitika tizimi sarflangan mablagʻlarning samaradorligini yuqori aniqlikda hisoblash chiqishga imkoniyat yaratadi (an’anaviy reklama turlari bunday imkoniyatga ega emas).

Agar Sizga kontekstli reklama boʻyicha mutaxassis zarur boʻlsa — murojaat qiling, Sizga yordam berishdan mamnun boʻlaman.

Yuqorida aytib oʻtilganlardan tashqari, men skayp vositasida oʻqitish bilan ham shugʻullanaman, mening nazarimda, bunday yakka tartibdagi mashgʻulotlar oddiy oʻquv kurslariga nisbatan qulayroq boʻlishi ham mumkin.

Bundan tashqari, internet-marketing sohasida — saytlarni yaratishdan tortib veb-analitika tizimlarini sozlashga qadar istalgan savollar boʻyicha konsalting oʻtkazish imkoniyati mavjud.

Men bilan bogʻlanishning 3 ta oson uslubi: